Red Dead Redemption 2

RDR2 o'zbekcha

Red Dead Redemption 2 uchun to'laqonli o'zbekcha ovozli dublyaj: bu sahifada ovozlar, dublyaj sifati, versiyalar tarixi va narx haqida hamma narsa.

Nega aynan o'zbekcha dublyaj?

Red Dead Redemption 2 — 500 000 dan ortiq jumlaga ega ulkan hikoya. Ingliz tilini yaxshi bilmagan o'yinchi uchun bu hikoyaning katta qismi yo'qolib qoladi: subtitrni o'qiguncha sahna o'tib ketadi, otda ketayotib pastdagi yozuvni kuzatish esa umuman iloji yo'q. Gvoice jamoasi shu muammoni tubdan hal qildi — o'yin endi to'liq o'zbekcha gapiradi.

Dublyaj muxlislar tomonidan emas, tizimli yondashuv bilan qilingan: avval butun matn o'zbek tiliga tarjima qilinadi, keyin har bir qahramon uchun asl ovoziga mos ohang tanlanadi, yozilgan jumlalar esa o'yin ichida bevosita sinovdan o'tkaziladi.

Artur Morganning bosiq ovozi, Datchning va'zlari, Sadi Adlerning keskin gaplari — barchasi o'zbek tilida, asl ohangga sodiq qolgan holda.

Kimlar ovozlantirilgan

Dublyaj faqat kata sahnalar bilan cheklanmaydi: otda ketayotgandagi suhbatlar, lagerdagi kechki gurunglar va tasodifiy uchrashuvlar ham o'zbekchada eshitiladi.

Narxi va nima kiradi

NarxiO'yin sahifasida ko'rsatilgan — bir martalik to'lov
YangilanishlarBarcha keyingi versiyalar bepul
HajmiO'yin sahifasida ko'rsatilgan
PlatformaPC — Steam · Rockstar · Epic
To'lovPayme · Click

Sotib olingandan so'ng tarjima akkauntingizga biriktiriladi: dasturni qayta yuklab olish yoki yangi versiyani olish uchun qayta to'lash kerak emas.

Ko'p so'raladigan savollar

O'yinning qaysi versiyasi kerak?

PC uchun litsenziyali Red Dead Redemption 2 — Steam, Rockstar Launcher yoki Epic Games do'konidan. O'yinning yangilangan versiyasi tavsiya etiladi.

Dublyaj hajmi qancha va qancha joy oladi?

Arxiv hajmi o'yin sahifasida ko'rsatilgan; o'rnatish uchun diskda shunga yaqin qo'shimcha bo'sh joy kerak bo'ladi.

Qanday to'lash mumkin?

Payme yoki Click orqali onlayn to'lov qilinadi. To'lov o'tishi bilan yuklab olish havolasi akkauntingizda ochiladi.

Konsolda (PlayStation, Xbox) ishlaydimi?

Yo'q, hozircha tarjima faqat PC (Windows 10/11) uchun. Konsollar tashqi dasturlarni o'rnatishga ruxsat bermaydi.

Dublyajni sinab ko'rsam bo'ladimi?

Telegram-kanalimizda dublyajdan lavhalar joylab boramiz — sotib olishdan oldin ovozlarni eshitib ko'rishingiz mumkin.

RDR2 ni o'zbekchada o'ynang
Sotib olish
RDR2 o'zbek tilida · RDR2 yuklab olish · RDR2 sahifasi · GTA 5 o'zbekcha · Witcher 3 o'zbekcha · Barcha o'yinlar · RDR 2 на узбекском · RDR2 in Uzbek